Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nima uchun qarish oyoqdan boshlanadi?

Nima uchun qarish oyoqdan boshlanadi?

Foto: «Orensmi.ru»

Qadimgi tabiblar ham odam organizmi oyoqlaridan qariy boshlashini bilishgan. Xitoy tabobatiga ko‘ra, tovonda tanadagi ko‘pgina a’zolarning me’yorda ishlashiga javobgar nuqtalar joylashgan.

Ushbu nazariyani qo‘llab-quvvatlovchi mutaxassislar tovonlarni «shug‘ullantirishg»ga yordam beradigan bir nechta maslahatlar berishadi. Ularning fikriga ko‘ra, bu a’zolarning qarishini sekinlashtirib, odamning nafas olishini yaxshilaydi.

Oyoq uchi yoki tovon

Tovonda yoki oyoqning ichki va tashqi tomonida yurish oyoqlarda qon aylanishini yaxshilaydi. Natijada ichki a’zolarning ham salomatligi mustahkamlanadi. Shunday ekan, ushbu mashqdan ertalabki mashq sifatida foydalaning.

O‘ziga xos nuqta

Xitoylik shifokorlar tomonidan aniqlangan oyoqdagi muhim nuqta butun dunyoga ma’lum. Nuqta «yun-suan» deb ataladi. Uni oyoq gumbazining o‘rtasida, oyoq barmoqlariga yaqinroq joyda topish mumkin. Mutaxassislar bu buyrak kanalining birinchi nuqtasi ekanligiga ishonchlari komil. Bu nuqtani bosish orqali buyraklarni mustahkamlash mumkin. Bordi-yu, buyraklar yetarlicha quvvatga ega bo‘lsa, tana qarimaydi, deb hisoblashadi ular. Samaraga erishish uchun bir oyoqdagi nuqtani taxminan 20 marta bosish kerak, so‘ngra ikkinchisi bosiladi.

Urish yoki urmaslik

Oyoq barmoqlari ostidagi yostiqchalarga sekin urish Xitoyda qon aylanishini yaxshilovchi eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Oyoqlarda iliqlikni his qilgunga qadar rezina bolg‘a, o‘qlov yoki shisha idish bilan sekin urgan ma’qul. Ko‘rish qobiliyati past bo‘lganlar uchun mutaxassislar ikkinchi va uchinchi barmoqlar ustiga besh daqiqa taqillatishni maslahat berishadi.

Yalangoyoq yurish

Piyoda sayr qilish ham oyoq, ham butun organizm salomatligi uchun yaxshi. Ayniqsa, mayda silliq tosh, qum yoki maysa ustida yalangoyoq yurish juda foydalidir. Oyoqlarda qon tezroq aylanib, odam o‘zini yoshroq his qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring