Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar koronavirusda o‘lim xavfini kamaytiruvchi muhim vitaminni aniqlashdi

Olimlar koronavirusda o‘lim xavfini kamaytiruvchi muhim vitaminni aniqlashdi

Foto: «Zdraveda.ru»

Boston universiteti Tibbiyot maktabi olimlari qon tarkibida D vitamini darajasi me’yorda bo‘lsa, yangi koronavirusni yuqtirganda o‘lim va og‘ir holatlarning xavfi kamayishini aniqlashdi, deb yozadi «PLOS ONE».

Xabarda aytilishicha, mutaxassislar 235 nafar bemorning qon namunalarini o‘rganishgan va zardobda D vitamini darajasi markeri — D 25-gidroksivitamini miqdorini hisoblashgan.

Buni qarangki, D vitamini yetarli darajada bo‘lgan COVID-19 bemorlarida noxush klinik belgilar — o‘lim yoki og‘ir asoratlar ancha kam kuzatilgan.

«Ushbu tadqiqot natijalari yetarli miqdordagi D vitamini asoratlar, jumladan, gipersitokinemiya va, oxir-oqibat, COVID-19 tufayli o‘limning oldini olishi mumkinligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil bo‘la oladi», — dedi tadqiqot rahbari, doktor Maykl Xolik.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha qariyb ikki millionga ko‘paydi. Bu oldingi haftaga qaraganda 6% ko‘p.

Eng murakkab epidemiologik vaziyat Shimoliy va Janubiy Amerikada kuzatilmoqda. O‘tgan hafta u yerda kasallanganlar soni oldingi hafta bilan taqqoslaganda 38% (qariyb 770 ming kishi)ga ko‘paygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring