Olimlar koronavirusdan himoya qiluvchi eng yaxshi parhezni aniqlashdi
Olimlar ketogen parhez koronavirus bilan kasallanish xavfini kamaytirishi, mabodo yuqtirib olgan taqdirda ham, kasallikning og‘ir kechishidan himoya qilishi mumkin degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «Times of India» xabar bermoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, taomnomada uglevodning oz miqdorda bo‘lishi organizmda yog‘ bilan birga «yomon» xolesterinni ham kamaytiradi, shuningdek, qondagi qand miqdorini barqarorlashtiradi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bunday parhez qon plazmasidagi keton tanachalari darajasini ko‘paytiradi. Ular organizmdagi oksidlovchi stressni nazorat qiladi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, olimlarning fikricha, ketogen parhez T-limfotsitlar retseptorlarini tashiydigan hamda immunomodulyasion va yallig‘lanishga qarshi faollikka ega hujayralar tarqalishiga yordam beradi.
«Ushbu parhez adaptiv immun hujayralarining faoliyatini yaxshilashi va COVID-19 bilan bog‘liq xavf-xatarlarni kamaytirishi mumkin», — deyiladi tadqiqotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter