Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar xavfli kasallikni parhez yordamida davolash samaradorligini isbotladilar

Olimlar xavfli kasallikni parhez yordamida davolash samaradorligini isbotladilar

Foto: «Pixabay.com»

Britaniyalik olimlar saraton kasalligini davolashda qo‘shimcha muolaja sifatida parhezga amal qilishning muhimligini isbotladilar. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

Tadqiqotchilar organizmda serin aminokislotasi bo‘lishi saraton hujayralarining o‘sishini ta’minlashini aniqlashdi. U go‘sht, baliq va tuxum tarkibida bo‘lib, deyarli barcha oqsillarni hosil qilishda ishtirok etadi. Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajriba natijalariga ko‘ra, serin miqdori past bo‘lgan parhez o‘smaning o‘sishini sekinlashtiradi.

Ammo davolash qiyin bo‘lgan ichak va oshqozon osti bezi saratoniga chalingan 30 foiz bemorlarning organizmida mutatsiya bo‘ladi. U tufayli saraton hujayralari mustaqil ravishda serin ishlab chiqarishning ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Tadqiqotchilar tomonidan chop etilgan maqolada qayd etilishicha, parhezga amal qilish shifokorlar va tadqiqotchilar orasida uzoq vaqtdan beri munozaraga sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislar taomnomaning saraton kasalligiga ta’sirini anglab yetish nafaqat kasallikni davolashga, balki oldini olishga yordam berishidan umid qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring