Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Optimist odamlar qiyinchiliklarga sabrli bo‘ladi va yana...

Optimist odamlar qiyinchiliklarga sabrli bo‘ladi va yana...

foto: internet, ochiq manba

Stivin Pinker haqida ko‘pchiligingiz bilasiz, ehtimol kitoblarini ham o‘qigandirsiz. Optimizm haqida shu inson juda chiroyli yozgan. Taxminan ma’nosi shunday edi: «Optimizm bu – barcha muvaffaqiyatsizliklar va barcha yomonliklar bilim yetishmasligidan kelib chiqadi degan nazariyadir».

Bu gap menga juda yoqadi. Ehtimol, optimizm haqida bundan yaxshiroq gap o‘qimaganim uchundir...

To‘g‘ri, optimizm bu nazariya emas, balki hayotga bo‘lgan qarashimizdir.

Bu hayotga ijobiy qarash, hozirgi va kelajakdagi voqealarga, muammolarni yechishda ijobiy natijaga erishishga ishonch bilan qarash hisoblanadi.

Optimistik insonlar muammolarni imkoniyatlar sifatida ko‘rishadi, qiyinchilikdan chiqish yo‘llarini topishga harakat qilishadi. Har qanday narsaning, qarashlarning ham o‘z xususiyatlari bor. Shu xususiyatlar orqali biz uni boshqa shunga o‘xshash tushunchalardan farqlaymiz, ba’zi nozik tomonlarini ajrata olamiz.

Optimizmning asosiy xususiyatlari

Ishonch: Optimistlar o‘zlarining qobiliyatlariga, hayotda muvaffaqiyatga erishishga ishonadilar.

Ijobiy fikrlash: Optimistlar ijobiy fikrlashga moyil. Ular muammolarni yechish uchun ijobiy yechimlarni izlaydilar.

Sabr: Optimistlar qiyinchilikka sabr bilan qaraydilar va maqsadlariga erishish uchun intiladilar.

Umidvorlik: Optimistlar kelajakka umidvorlik bilan qaraydilar. Ular hayotning yaxshi tomonlarini ko‘rishga harakat qilishadi.

Optimizm va sog‘lik

Optimistik kishilar stressga chidamli bo‘ladi. Ular qiyinchilik va muammolarni yengishga harakat qilishadi.

Optimizm immunitetni kuchaytirish va kasalliklardan saqlanishga yordam beradi.

Optimizm odamlar bilan munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi. Optimistik kishilar boshqalarni qo‘llab-quvvatlashga va hamkorlik qilishga moyil bo‘ladilar.

Optimizm va muvaffaqiyat

Optimistik kishilar hayotda muvaffaqiyatga erishishga ko‘proq imkonga ega bo‘ladilar. Ular o‘zlariga bo‘lgan ishonch va ijobiy fikrlash tufayli maqsadlariga erishishga harakat qilishadi.

Xulosa qilib aytganda, optimizm hayotda muvaffaqiyatga erishish, psixologik sog‘lomlikni saqlash va boshqalar bilan munosabatlarni yaxshilashga yordam beradigan muhim omildir. Optimizm haqida sizlar nima degan bo‘lardingiz?

Qanday qilib kishilar optimist bo‘lishadi? Optimist bo‘lish ko‘proq tug‘mamikin yoki shakllantirilganmikin?– degan savollar sizni qiynayotgan bo‘lsa, bu mavzuga yana qaytamiz.

Madina Miytan, psixolog

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring