Quvvat yetishmasligi va doimiy holsizlik jigar bilan bog‘liqmi?
Kuz va qishda energiya, quyosh nuri, D vitamini yetishmasligi, stress kuzatiladi. Uy yoki xonadagi quruq havo odamni charchatadi va faollik susayadi. Bunday vaziyatda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Doimiy holsizlik ichki qon ketishi, vitamin-minerallar yetishmasligi, qandli diabet rivojlanishi hamda metabolik sindrom va o‘simtalardan ham darak berishi mumkin. Bundan tashqari, jigar faoliyatida muammo kuzatilishi ham umumiy ahvolga ta’sir ko‘rsatish ehtimoli yo‘q emas. Jigar va energiya o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligiga javob beramiz.
Jigar organizmdagi kichik elektrostansiya hisoblanadi
Jigarning asosiy vazifasi filtrlash ekani barchaga ma’lum. Aynan mazkur tana a’zosi organizmga kirgan zararli moddalarni chiqarib yuboradi. Bundan tashqari, jigarda yog‘larni parchalaydigan, vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlaydigan hamda gormonlar darajasini nazorat qiladigan, qon ivishi va metabolizmda ishtirok etadigan safro ishlab chiqariladi.
Jigarda barcha kerakli moddalar, xususan, lipidlar metabolizmi yuz beradi. Lipidlar esa organizm, ayniqsa, mushak hujayralarini samarali energiya bilan ta’minlaydigan manba hisoblanadi. Agar jigarda yetarlicha lipid ishlab chiqarilmasa, energiya yetishmasligi, holsizlik kuzatiladi.
Depressiya va jigar o‘rtasidagi aloqadorlik
2017 yilda “Molekulyar biologiyaning chegaralari” nashrida depressiya va jigarning surunkali kasalliklari o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslangan maqola chop etilgan. Unda ta’kidlanishicha, depressiyada kuzatiladigan odatiy simptomlar — uyquning buzilishi, holsizlik, bosh og‘rig‘i jigar kasalliklariga ham xos. Organizm “elektrostansiya”si faoliyatidagi muammo sabab energiyaning surunkali yetishmasligi ba’zi hollarda depressiya rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Qachon xavotirlanish kerak?
Hatto simptomlar sezilmagan taqdirda ham, vaqti-vaqti bilan qorin bo‘shlig‘i a’zolari, xususan, jigarni tekshirtirib turish kerak. Quyidagi simptomlar sezilganda esa shifokorga murojaat qilishni kechiktirmaslik kerak.
- Tez toliqish;
- Ishtaha yo‘qolishi yoki kamayishi;
- O‘ng qovurg‘a ostida og‘riq yoki diskomfort sezilishi;
- Ko‘ngil aynishi;
- Ich ketishi;
- Oshqozon hazm tizimida muammolar kuzatilganda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter