Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor inson umrini egovlaydigan xavfli diyetalarni ma’lum qildi

Shifokor inson umrini egovlaydigan xavfli diyetalarni ma’lum qildi

Foto: «Healthywomen.ru»

Ommalashgan bir qator diyetalarga uzoq vaqt amal qilish sog‘liqqa tiklab bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda rossiyalik diyetolog Mixail Ginzburg «Narodniy Novosti»ga bergan intervyusida aytib berdi.

Uning ta’kidlashicha, hozirda shifobaxsh emas, balki maishiy parhezlardan foydalanish juda keng tarqalgan bo‘lib, ularning foydasi katta so‘roq ostida qolmoqda. Shunday qilib, shifokorning so‘zlariga ko‘ra, siz oqsilli diyetadan albatta voz kechishingiz kerak. Bu jigar va buyraklarni jiddiy zo‘riqtiradi. Agar odamda surunkali buyrak kasalligi bo‘lsa, bu buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.

Ginzburgning izohlashicha, kam uglevodli diyetaga uzoq vaqt amal qilish odam umrini o‘rtacha 3-3,5 yilgacha qisqartiradi.

Shuningdek, uning fikricha, vaqti-vaqti bilan och qolish shubhali parhezlar sirasiga kiradi. Ushbu parhezga uzoq vaqt amal qilganda mushak massasining kamayishiga olib kelishi mumkin.

Mixail Ginzburgning ta’kidlashicha, diyetalar oshqozon, jigar, buyraklar, qandli diabet va gipertenziya kasalliklarida buyurilganda foydali bo‘ladi. Bundan tashqari, ularni shifokor tanlab berishi, nazorat qilishi zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring