Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfonlarni «buzuvchi» sozlamalar — iloji bo‘lsa, ularga teginmang!

Smartfonlarni «buzuvchi» sozlamalar — iloji bo‘lsa, ularga teginmang!

Foto: Android Central

Smartfon — oddiy telefonga nisbatan ancha murakkab: funksiyalari ko‘pligini bilamiz, ammo sozlamalari ham butunlay boshqacha tuzilgan. Ayniqsa, eng so‘nggi rusumdagi Android-qurilmalarning sozlamalarini o‘zgartirishda hushyorlik talab qilinadi, aks holda smartfon ishdan chiqishi mumkin. Quyida «sozlash tavsiya etilmaydigan» sozlamalarga to‘xtalamiz.

Zavod sozlamalariga qaytish

Bu funksiya operativ tizim ishini yaxshilaydi, xatoliklarni tuzatadi, tizim ilovalarini yangilaydi. Biroq smartfoningizda saqlagan barcha ma’lumotlaringizni ham qayta tiklash imkonisiz o‘chirib yuboradi.

Ishlab chiqaruvchi rejimi va root-huquq berish

Bu funksiya smartfonga yanada «chuqurroq» kirib borishni istaganlar uchun — u bilan smartfondagi ko‘plab funksiyalarni qo‘lga kiritasiz. Ammo bu yerda xatoliklar kechirilmaydi: ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritib qo‘ysangiz smartfon buzilib qolishi mumkin, qolaversa, viruslar yuqtirib olish ehtimoli bor. Yaxshisi, ishlab chiqaruvchi rejimini yoqmang! Bu professionalllar uchun.

SIM-karta sozlamalari

Bunda ham ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritish ishkalga sabab bo‘ladi: aloqasiz qolishingiz mumkin. Odatda smartfonlarda SIM-karta qo‘yilganda sozlamalar avtomatik tarzda yangilanadi. Sizga ish qolmaydi.

Boshqa sozlamalar

Ilovalar uchun ruxsatlar, sana va vaqt, maxsus imkoniyatlar kabi parametrlarga ham tegmagan ma’qul. Masalan, maxsus imkoniyatlar — sizga «maxsus» imkoniyat bermaydi, u imkoniyati cheklangan insonlar uchun mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring