Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Terining yoshligini uzaytiruvchi va qorin yog‘ini yo‘qotuvchi mahsulot

Terining yoshligini uzaytiruvchi va qorin yog‘ini yo‘qotuvchi mahsulot

Foto: «Zen.yandex.ru»

Qandli diabetni davolashga ixtisoslashgan diyetolog Tobi Smitson bodomning sog‘liq uchun foydali xususiyatlari haqida gapirdi. Uning so‘zlarini Eat This, Not That! nashri keltirgan.

Smitsonning so‘zlariga ko‘ra, bodom qarish jarayonini sekinlashtirish orqali terining yoshligini uzaytira oladi.

«Ajinlar paydo bo‘lmasligi uchun kuniga ikki mahal bir hovuchdan bodom iste’mol qiling. Postmenopauza davridagi ayollar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kuniga ikki porsiyadan (har biri taxminan 15 grammdan) bodom iste’mol qilish ajinlar silliqlashiga va teri pigmentatsiyasini kamaytirishga yordam beradi», — dedi u.

Diyetologning ta’kidlashicha, tadqiqotlarga ko‘ra, bodomni muntazam iste’mol qilish orqali ajinlar aniqligi 16 foizga, pigmentatsiya intensivligi 20 foizga kamayadi.

Mutaxassisning fikricha, bodom tarkibida foydali moddalar bisyor. Masalan, 100 gramm mahsulot tarkibida 21 gramm oqsil, 12,5 gramm kletchatka, 24,6 milligramm Ye vitamini (kunlik ehtiyoj taxminan 10 milligramm) va 234 milligramm magniy (kunlik me’yordan 50 foiz ortiq) mavjud.

Smitsonning qo‘shimcha qilishicha, bodom, shuningdek, yurak-qon tomir xastaligi va diabet ehtimolini oshiradigan qorin yog‘ini yo‘qotishga yordam beradi va metabolik sindrom xavfini kamaytiradi. Bodomni iste’mol qilish yurak uchun foydali, chunki u qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi.

Bodom kaloriyali taom hisoblansa-da, mutaxassisning ta’kidlashicha, aslida uning kaloriyasi taxmin qilinganidan ancha kamroq.

Qadoqda ko‘rsatilgan miqdordan ko‘ra to‘liq qovurilmagan bodomda 25 foiz, to‘liq qovurilgan bodomda 19 foiz, maydalab, qovurilgan bodomda esa 17 foiz kamroq kaloriya so‘riladi. Uning fikricha, bu nomuvofiqlik yorliqdagi ma’lumotlar mahsulotning biologik xususiyatini hisobga olmaganligi bilan izohlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring