Shifokor yoshlikni uzaytirishning oddiy usulini aytdi
Qarishni sekinlashtirish uchun kuniga uch stakan choy ichish kerak, dedi endokrinolog Zuhra Pavlova. Tibbiyot fanlari doktori o‘zining Telegram-kanalida yoshlikni uzaytirishning oddiy usulini aytib o‘tdi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, xitoylik olimlar choyni muntazam iste’mol qilish qarishni sekinlashtirishi mumkinligini aniqlagan. Ularning tajribasida Xitoy va Buyuk Britaniyaning 14 ming aholisi ishtirok etdi. Tadqiqot davomida respondentlardan qanday choyni yaxshi ko‘rishlari va qancha ichishlari so‘ralgan.
«Keyin eksperiment ishtirokchilari ikki yil davomida kuzatilib, ularning fiziologik ko‘rsatkichlarini, jumladan, biologik yoshini qayd etishdi», — deydi Palova.
Natijada olimlar olti-yetti gramm choy bargi bilan kuniga uch stakan choy ichish organizmni yoshartirishi mumkin degan xulosaga kelishdi, deya davom etdi endokrinolog.
Tadqiqot mualliflarining fikricha, choy tarkibidagi faol moddalar yoshlikni uzaytirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter