Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent «Coffee&Tea Fest Expo Uzbekistan»ga taklif etmoqda: gastronomiya, an’analar va sayyohlik

Toshkent «Coffee&Tea Fest Expo Uzbekistan»ga taklif etmoqda: gastronomiya, an’analar va sayyohlik

Turizmni rivojlantirish va O‘zbekistonga ko‘proq sayyohlar oqimini jalb etish maqsadida 16-18 may kunlari poytaxtdagi «Anhor Lokomotiv» bog‘ida «Coffee&Tea Fest Expo Uzbekistan» festivali o‘tkaziladi. Ushbu keng ko‘lamli tadbir gastronomik va madaniy turizmni ommalashtirish uchun tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlarga mahalliy choy ichish va qahva madaniyatining betakror muhitini his qilish imkonini beradi.

Kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida festival haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, mehmonlar dunyoning turli xalqlarining an’anaviy choy marosimlari bilan tanishish, shuningdek, o‘zbek mintaqaviy choy ichish an’analarining o‘ziga xos jihatlari haqida ko‘proq bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, ko‘rgazmalar, mahorat darslari, seminarlar va konsertlar ham tashkil etiladi. Festivalda choy va qahva sanoatining 70 dan ortiq kompaniyalari o‘z mahsulotlarini namoyish etishi kutilmoqda.

Festival chet eldan kelgan yetakchi baristalar va qahva sanoati vakillarini to‘playdi. Ular yakka tartibdagi va jamoaviy musobaqalarda, jumladan latte-art bellashuvlarida o‘z mahoratlarini namoyish etadilar. Ko‘rgazmalar, ta’lim sessiyalari va ishbilarmonlik dasturi tadbirni tajriba almashish, xalqaro aloqalar o‘rnatish hamda qahva, choy va mehmondo‘stlik sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlarni targ‘ib qilish uchun noyob platformaga aylantiradi.

Bu yilgi asosiy yangilik xayriya kimoshdi savodosi bo‘lib, unda qahva quyqasi yordamida yaratilgan to‘rtta surat sotuvga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Coffee&Tea Fest Expo Uzbekistan» xalqaro festivali 2022 yildan beri har yili o‘tkazib kelinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring