Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yiliga 400 ming kishining yostig‘ini quritadigan kasallikka oddiy qaynatma sho‘rva qarshi turadi

Yiliga 400 ming kishining yostig‘ini quritadigan kasallikka oddiy qaynatma sho‘rva qarshi turadi

Foto: «Mybooking.uz»

Londondagi Imperial kollej olimlari go‘sht va sabzavotli sho‘rvalar bezgakni chaqiruvchi xavfli «Plasmodium falciparum» parazitining hayotiy siklini to‘xtatishini aniqlashdi. Bu haqda «MedicalXpress» press-relizida ma’lum qilingan.

Tadqiqotchilar uyda tayyorlangan 56 xil qaynatma sho‘rva namunalarini tahlil qilishdi: bu retseptlar avloddan-avlodga o‘tib kelgan va bezgakni davolashda qo‘llanilgan. Olimlar filtrlangan ekstraktlarni «P.falciparum» bilan birga 72 soat davomida inkubatsiya qilishdi. Buni qarangki, besh xil sho‘rva chindan ham parazit ko‘payishini 50 foizga sekinlatib, uning yetilishini to‘xtatar ekan.

Bezgakka qarshi kurashda samarali qaynatma sho‘rva xilma-xil. Shu bois olimlar aynan qaysi mahsulotlar foydali ekanligini hozircha bilishmaydi. Ularni kelgusi tadqiqot va klinik tajribalarda aniqlashga to‘g‘ri keladi.

Bezgak qo‘zg‘atuvchisi oddiy «Plasmodium»ning bir turi hisoblanadi. Kasallik esa chivinlar orqali tarqaladi. Bu infeksiya yiliga qariyb 400 ming kishining yostig‘ini quritadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring