Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxtiyor Sheraliyev

Muammodan qutulish uchun undan qochish emas, uni hal qilish kerak!

Odamda uchraydigan koronaviruslar mavsumiy xarakterga ega

Odamda uchraydigan koronaviruslar mavsumiy xarakterga ega

Michigan universiteti sog‘liqni saqlash maktabi olimlari odamlarda uchraydigan to‘rtta koronavirus turi (OC43, 229e, HKU1 va NL63) ning kechishini 993 nafar infeksiya yuqtirgan odamlarda 10 yilga yaqin vaqt davomida kuzatishgan va quyidagi umumiy xulosalarga kelishgan:

1) yil davomida kuzatuv o‘tkazilganda, koronaviruslarning eng ko‘p uchraydigan holatlari dekabr va aprel-may oylari oralig‘ida aniqlangan va yanvar-fevral oylarida eng yuqori daraja qayd etilgan; faqat 2,5% holatlarda iyun va sentyabr oylari orasida zararlanish ro‘y bergan;

2) zararlanishning eng yuqori ko‘rsatkichi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchragan;

3) 993 zararlanish holatining 260 tasida virus yuqtirish uy sharotida kechgan;

4) Uy sharoitida bir-biridan yuqtirish intervali o‘rtacha 3,2-3,6 kunni tashkil qilgan, 7,2%-12,6% holatlarda esa kasallikning qaytalanishi kuzatilgan;

5) Umumiy holatda, virus yuqtirgan katta yoshlilarning 9%, bolalarning 20% vrachga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelgan. Odatda gripp bilan vrachga murojaat qilish ko‘rsatkichi 30% ni tashkil qiladi.

6) kasallikning og‘ir holatlarida asosan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda va 50 yoshdan yuqori kattalarda kuzatilgan.

Mualliflar ushbu tadqiqot asosida odamda uchraydigan koronaviruslarni mavsumiy xarakterga ega ekanligini aytishadi. Ular COVID-19 xastaligining ham mavsumiy xarakterga ega bo‘lishi mumkinligini aytishar ekan, buni hali vaqt ko‘rsatishini, ularning ilmiy natijalari COVID-19 bilan kurashishda qo‘l kelishi ehtimoli borligini ta’kidlab o‘tishadi.

P.S. Ha, qadrdonlar, COVID-19 odamlarda uchraydigan birinchi koronavirus xastaligi emas, bungacha odamlarda koronaviruslar bilan bog‘liq 6ta xastalik qayd etilgan. Shulardan ikkitasi: SARS va MERS xuddi hozirgi COVID-19 kabi epidemiyaga sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring