Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firuz Allayev

Pessimist shamoldan noliydi, optimist uning to‘xtashidan umid qiladi, realist esa shamolga qaramasdan qanot yozib uchadi.

Yosh yoki yangi tadbirkorlarning 5ta xatosi

Yosh yoki yangi tadbirkorlarning 5ta xatosi

Yangi biznesni boshlash oson emas. Oramizda biznes boshlashni orzu qiladigan, lekin hech qachon harakatni boshlamaydiganlar juda ko‘p. Ba’zida taqdirni o‘z qo‘liga olib, biznesni boshlash uchun odam o‘zida «dux» topishi kerak. Lekin, biznesni boshlaganda «lyubaya biznes xarasho» deb xatolarni ham qilmaslik muxim. Agar, shunaqa qilsa bozor «shessekundda» sindirib qo‘yishi mumkin. Quyida yangi tadbirkorlar qiladigan 5ta xato haqida yozaman:

1. Kimnidir biznesini ko‘chirishga harakat qiladi. Atrofiga qaraydi va kimdadir qaysi biznes yaxshi daromad olib kelib turgan bo‘lsa, shu biznesni qiladi. Man ham shuni qilsam daromad olaman deb o‘ylaydi. Aslida, muvaffaqiyatli biznesmen ishni qilish uchun qanaqa bilimlarga ega ekanligini, u biznes sohasida qanaqa o‘ziga xosliklar borligini va muhimi brendni shakllantirish qanchalik qiyin bo‘lganligini tushunmaydi.

2. Yangi boshlanayotgan biznesga daromad haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmasdan, o‘ylamasdan, xisob-kitob kilmasdan qarz yoki kredit olish. Hali bozorni, talabni, mijozlarni o‘rganmasdan turib, optimistlik bilan ish boshlaydi va bankrot bo‘lib qarzga botadi.

3. Biznes boshlashimga kech deb o‘ylash. Aslida, odam bilimi va imkoni yetarli bo‘lganda, g‘oyasiga talab bo‘lganda biznesni xohlagan yoshda boshlashi mumkin. Bizda 35 yoshli kishi biznes boshlashimga kech bo‘ldi deb yurganda, AQShda 55 yoshida milliard dollarlik biznes boshlaganlar bor.

4. Bozorni va talabni yaxshi o‘rganmaydi, mijozlari haqida aniq ma’lumotga ega emas. Har qanday biznesni boshlashdan oldin bozorni o‘rganish, talabni o‘rganish, xizmat yoki mahsuloti qanchalik kerakli ekanligini tahlil qilish juda muhim.

5. Soliq, bank, qonunchilikni to‘liq o‘rganmaslik va daromadni yashirish. Ko‘pchilik hatto soliq organlaridan va ortiqcha byurokratiyadan qo‘rqadi, odatda pessimist bo‘lib yashaydi. Aslida, hozirda O‘zbekistonda biznes ochish va yuritish uchun qator qulayliklar yaratilgan va qonuniy faoliyat yuritgan, soliqlarni vaqtida to‘lagan biznesga hech qanaqa bosim yo‘q. Shu uchun ham hech bo‘lmasa yagona soliq to‘lovi, QQS haqida asosiy bilimlarga ega bo‘lish, bank va buxgalteriya haqida tushunchasi bo‘lishi juda muhim.

Bularning hammasi shaxsiy tajribamdan kelib chiqqan xulosalarimdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring