Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Ali

Shaxsiyatparastlik — oshkora ojizlikdir.

IIV vaziri yo‘llardagi tirbandlikni qanday kamaytirish mumkinligini aytdi

IIV vaziri yo‘llardagi tirbandlikni qanday kamaytirish mumkinligini aytdi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Yunusobod tumanidagi 8-sonli avtobus saroyiga tashrif buyurib, bu yerda bir qancha jamoatchilik faollari bilan suhbatlashib, odamlarni ko‘proq jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi. 

Vazirning ta’kidlashicha, poytaxtda shaxsiy mashinalar ko‘payib ketgani, ertalab ishga borishda va kechqurun qaytishda tirbandliklarga sabab bo‘lmoqda.

«Mana, hozir juda ko‘p shaxsiy mashina bo‘lib ketdi. Tirbandliklarni ko‘ryapsizlar, ertalab soat 08:00 dan 10:00 gacha, kechqurun ishdan qaytishda umuman yurib bo‘lmay qoldi. Odamlar o‘zining mashinasidan ko‘ra, jamoat transportiga minsa, shunda tezroq boraman, xavfsiz boraman, deb bilsa, albatta, mana shu tirbandliklar ham kamayadi. Ya’ni shaxsiy mashinasida emas, balki jamoat transportida, avtobuslarda boradi», - dedi Po‘lat Bobojonov.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 18 dekabr kuni Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamda Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi ishchi guruhi jamoat transportidagi vaziyatni o‘rganishgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring