Yaponlarga qoyil qolmay iloj yo‘q (foto)

Yaponiyadagi BBT Universiteti (Business Breakthrough ) o‘z bitiruvchilariga qoyilmaqom usulda diplom topshiribdi.
Koronavirus sababli bitiruvchilar shaxsan kela olmasligini inobatga olib, Universitet ma’muriyati «newme» robotlaridan foydalanishga qaror qilibdi. Xuddi bitiruvchilarday kiyintirilgan robotlarga katta displey o‘rnatilgan bo‘lib, unga talaba onlayn ulangan va robotni ham masofadan turib o‘zi boshqargan. Robot qo‘li bilan diplomlarni ham qabul qilib olgan.
Bu yaponlarga qoyil qolmasdan iloj yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter