Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-aprel kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

1-aprel kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

2023-yilning 1-aprel kuni Toshkent shaharidagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida yoshlar va havaskorlar o‘rtasida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi sababli quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi:

  • soat 07:00 dan 08:00 gacha  Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida qisman;
  • 08:00 dan 12:00 gacha Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida har ikki yo‘nalishda to‘liq;
  • 08:00 dan 12:00 gacha Jasorat tor ko‘chasining Jasorat ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.

Poytaxt hokimligi keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilardan aylanma yo‘llardan harakatlanishlarini so‘ramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring