Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1-fevraldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Foto: iStock

2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini ko‘rsatuvchi «1070» qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan xizmati («Ishonch telefoni») faoliyati test rejimida yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha «Ishonch telefoni» orqali bepul SMS-xabarnoma yuborish tartibi joriy etiladi. Bunda yuboriladigan SMS-xabarnomalar ijtimoiy axborot hisoblanadi.

Bundan tashqari, fuqarolar bilan ularning ijtimoiy himoyaga doir huquqlarini amalga oshirish va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan doimiy va manzilli muloqot o‘rnatiladi.

2025-yil 1-fevraldan, shuningdek:

  • Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar uchun «Onalar maskani» xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
  • 30 yoshga to‘lgan fuqarolarga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat beriladi.
  • Ayrim chet el yuridik shaxslari foyda solig‘idan ozod etiladi.
  • Ayrim jismoniy shaxslar daromad hamda foyda solig‘ini 5 foiz stavkada to‘laydi.
  • Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik komissiyalari faoliyati tugatiladi.
  • Ishsiz aholi va kambag‘al oilalar a’zolari talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi.
  • Kasbga o‘qitilayotgan kambag‘al oilalarning ishsiz a’zolariga stipendiya to‘lanadi.
  • Ijtimoiy karta orqali spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari uchun to‘lovni amalga oshirish taqiqlanadi.
  • Davlat bog‘chalarida xodimlarning davomati «Bolalar bog‘chasi» AT orqali yuritiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring