Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xabaringiz bormi? 1-iyundan tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi

Xabaringiz bormi? 1-iyundan tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi 897-sonli qaroriga muvofiq 2019-yil 1 iyundan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bu bo‘yicha 2018-2019-yillarda tariflar va narxlar o‘zgarishi grafigi tasdiqlangan.

Tabiiy gazning (1 kub/m uchun) narxi:

  • hisoblash asboblari bo‘lganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun — 350 so‘m;
  • hisoblash asboblari bo‘lmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:
  • ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun — 605 so‘m;
  • isitish tizimi uchun — 350 so‘mdan hisoblanadi.

Elektr energiyasining narxi (1 kVt soati uchun):

  • I va II guruhdagi iste’molchilar uchun — 370 so‘m;
  • III guruhdagi iste’molchilar uchun — 280 so‘m;
  • IV guruhdagi iste’molchilar uchun — 392 so‘m etib belgilanadi.

Amaldagi narxlar va oshiriladigan narxlardagi tafovutni ushbu xabardagi ma’lumotlar asosida taqqoslab olishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas