1 kilo palov tayyorlash xarajatlari qaysi hududda arzonga tushishi aytildi

Milliy statistika qo‘mitasi 1-kilogramm palov tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlarni hududlar kesimida hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, (2025-yil avgust oyi uchun):
- Qoraqalpog‘iston R. – 98 600 so‘m
- Andijon viloyati – 105 500 so‘m
- Buxoro viloyati – 108 400 so‘m
- Jizzax viloyati – 110 000 so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 111 700 so‘m
- Navoiy viloyati – 110 000 so‘m
- Namangan viloyati – 109 400 so‘m
- Samarqand viloyati – 113 400 so‘m
- Surxondaryo viloyati – 111 500 so‘m
- Sirdaryo viloyati – 105 700 so‘m
- Toshkent viloyati – 113 600 so‘m
- Farg‘ona viloyati – 115 000 so‘m
- Xorazm viloyati – 107 000 so‘m
- Toshkent shahri – 117 400 so‘m
Ma’lumot uchun, 1 kilogramm palov uchun – 0,3 l kungaboqar yog‘i, 300 gr piyoz, 700 gr mol go‘shti, 1 kg sabzi, 1 kg guruch, 100 gr no‘xat, 10 gr zira, 20 gr osh tuzi kerak bo‘ladi.
Qo‘mita, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanishini eslatmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter