Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10-dekabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-dekabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya xizmati ertaga, 10-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Toshkent shahri. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° sovuq, kunduzi 2-4° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. 
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring