Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 yoshli momo tosh ko‘tarish bilan shug‘ullanadi

100 yoshli momo tosh ko‘tarish bilan shug‘ullanadi

Foto: «Mir24.tv»

Bugun Edit Myurvey-Treyna o‘zining yuz yoshini nishonlamoqda. Ginnesning rekordlar kitobi saytida yozilishicha, tug‘ilgan kunida u ayollar orasida eng keksa pauerliftingchi sifatida jahon rekordini o‘rnatdi.

Keksa ayol og‘irligi 18 dan 68 kilogrammgacha bo‘lgan toshlarni ko‘taradi. Uning murabbiyi Bill Karmenning so‘zlariga ko‘ra, rekordchi momo taslim bo‘lish nimaligini bilmaydi. Keksa sportchi musobaqalarda ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Koronavirus pandemiyasi tufayli u tanaffus qilishga majbur bo‘ldi. Oxirgi marta 2019-yilda chiqish qilganida 98 yoshu 94 kunlik bo‘lgan. Endi Edit yangi musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Avvalroq u mahalliy dam olish markazida raqs o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Bu mashg‘ulotlar sharofati bilan do‘st orttirgan: aynan o‘sha uni bir necha yillar o‘tgach sport zaliga taklif qilgan. O‘shanda Edit 91 yoshda edi. Shundan so‘ng u og‘ir atletika bilan shug‘ullana boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring