11 iyuldan O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi

IDP (Edu-Action Centre) ma’lumotiga ko‘ra, 11 iyuldan boshlab IELTS imtihonini faqat kompyuterda topshirish mumkin bo‘ladi.
Bu qaror qog‘ozdagi test javoblarining internetga chiqib ketishi ortidan, operatsion sabablarga ko‘ra qabul qilingan.
Qog‘ozda topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar imtihonni kompyuterda bepul topshirishi yoki to‘lovni to‘liq qaytarib olishi mumkin.
Bu o‘zgarish faqat O‘zbekiston hududida amalga tatbiq etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter