Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arzon avtokredit va’da qilgan rahbarning «siri» fosh bo‘ldi

Arzon avtokredit va’da qilgan rahbarning «siri» fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, «E.A.» xususiy korxonasi rahbari D.T. faoliyati davomida noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, fuqarolarni yillik ustami to‘lovi 12 foizni tashkil etuvchi avto kredit berishga qiziqtirib kelganligi ma’lum bo‘lgan.

Xususan, korxona rahbari 119 nafar fuqaroni yuqoridagi shart bilan avto kredit berishga ishontirib, ular bilan 4 oy mobaynida tuzilgan shartnomalarga asosan avtomashina narxining 6 foiz miqdorida oldindan to‘lov shaklida korxona hisob-raqamiga o‘tkazilgan 713,8 mln so‘mni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring