Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

120 ming voltlik tok urgan erkak qayta «tirildi»

120 ming voltlik tok urgan erkak qayta «tirildi»

Yangi Zelandiyada yashovchi 32 yoshli Troy Xoll 10 yil oldin 120 ming voltli ikki zarbadan keyin qanday qilib klinik o‘limga tushgani va qayta tirilgani haqida gapirib berdi. Uning hikoyasi 7 News tomonidan nashr etilgan.

2011-yilda Xoll yomg‘irdan keyin avakado yig‘ib olayotgan edi. U narvon yordamida eng baland shoxlardagi mevalarni ham terib olmoqchi bo‘ldi. Daraxt tepasida elektr tarmog‘i borligi bois, erkakning otasi undan baland ko‘tarilishdan ehtiyot bo‘lishni so‘raydi. Biroq Xoll otasining so‘zlarini jiddiy qabul qilmagan, simlarning chirsillashiga ham yetarlicha e’tibor bermagan.

Erkak ish vaqti tugagani sababli, sherigiga bu haqda bildirish maqsadida aloqa izlab yana narvondan ko‘tariladi. Shu vaqtda uni to‘satdan uni ikki marta tok uradi

120 ming voltlik birinchi zarba boshiga tegib, halokatli bo‘lib chiqadi, biroq ikkinchi zarba ko‘kragiga tegib, erkakni hayotga qaytardi.

«Men hech narsani ko‘rmadim yoki his qilmadim, nima bo‘layotganini tushunmadim», —deydi u.

Jabrlanuvchining otasi nima bo‘lganini ko‘rib, o‘g‘lining hamkasblari bilan yordamga shoshilgan. Erkaklar Xollning jasadidagi olovni o‘chirishib, tez yordam chaqirishgan. Kasalxona yangi zelandiyalikning tanasining 60 foizini qoplagan uchinchi darajali kuyish olganligini aniqladi. Shifokorlar uni hech qachon yurolmasligi va gapira olmasligidan ogohlantirgan. Shifokorlarning prognozlari Xollni xafa qilmadi, aksincha, unga kuch berdi - u har qanday holatda ham tiklanishga qaror qildi.

Bir necha hafta o‘tgach, Xoll o‘zining birinchi qadamlarini qo‘ydi va ko‘p o‘tmay uning ovozi paydo bo‘ldi. Biroq shifokorlar uning chap ko‘zining ko‘rish qobiliyatini tiklay olmadi, bir qulog‘ini kesib tashlashga majbur bo‘lishdi. Yangi zelandiyalik reabilitatsiya jarayonida uni qizi juda ham qo‘llab-quvvatlaganini tan olib, unga «cheksiz minnatdorchilik» bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring