Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

135 yoshli toshbaqa birinchi marta ota bo‘ldi

135 yoshli toshbaqa birinchi marta ota bo‘ldi

Foto: Instagram/zoomiami

Mayami (AQSh) hayvonot bog‘ining eng keksa jonivori — 135 yoshli Goliaf laqabli galapagos toshbaqasi birinchi marta ota bo‘ldi. Goliafning og‘irligi — 234,5 kg.

Goliafdan umri davomida nasl olishga urinishlar naf bermagan. Ammo 4-iyun kuni, 128 kunlik inkubatsiyadan so‘ng sakkizta tuxumdan bittasi nihoyat ochib chiqdi.

Goliafning o‘zi Galapagosning Santa-Krus orolida 1890-yilning 15-iyunida dunyoga kelgan, ya’ni uch asrni ko‘rgan jonli guvoh. Avval Bronks hayvonot bog‘iga keltirilgan (1929-yilda), oradan uzoq yillar o‘tib, 1981-yildan buyon Mayami hayvonot bog‘ida yashamoqda.

Yangi tug‘ilgan toshbaqaning onasi esa taxminan 85-100 yoshlarda.

Ota-ona toshbaqalarning birgalikdagi yoshi 200 dan oshadi. Hayvonot bog‘i yuqoridagi natijalarni qayd etish uchun Ginnessning rekordlar kitobiga murojaat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring