Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

14 yil oldin bedarak yo‘qolgan shaxs topildi

14 yil oldin bedarak yo‘qolgan shaxs topildi

YPX xodimlari tomonidan 14 yil oldin bedarak yo‘qolgan shaxs aniqlandi.

2022-yil 14-mart kuni soat 06:30 larda, Chilonzor tumanida joylashgan «Erkin» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari F.Saidaxmedov va N.Tojiboyevlar tomonidan «Lacetti» rusumli avtomobil to‘xtatiladi.

Haydovchi, 1983-yilda tug‘ilgan Sh.P.ning ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro 2008-yil 4-mart kunidan buyon bedarak yo‘qolganligi, hozirda qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Sh.P. Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring