Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+149: ikkita hududda koronavirusga chalinganlar aniqlandi

+149: ikkita hududda koronavirusga chalinganlar aniqlandi

2020-yil 12-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12855 (+149) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Andijon viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 17 nafari esa aholi orasida) 76 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 7723 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar ( 60 foiz) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda 5073 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring