Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15-iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugaydimi?

15-iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugaydimi?

Foto: «Xabar.uz»

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Xorazm viloyatida koronavirus infeksiyasi qayd etilgani to‘g‘risidagi xabarlarga izoh bersangiz?

— 2020-yil 5-iyun soat 12:00 holatiga ko‘ra, Xorazm viloyatida yangi kasallanish qayd etilmagan.

Viloyatda epid mavsum davomida 233 nafar fuqaroda kasallik qayd etilgan va ularning barchasi davolanib shifoxonadan chiqarilgan.

2020-yil 2-iyun kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tegishli tasnifiga asosan Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlari «Yashil hudud» toifasiga kiritilgan.

— Dunyo davlatlari toifalarga ajratilib, aviaparvozlar tiklanishi qanchalik rost?

— Transport vazirligi bilan hamkorlikda xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyat hisobga olinib «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda bosqichma-bosqich aviaqatnovlarni tiklash o‘rganib chiqilib, takliflar tayyorlanmoqda.

Bu borada Respublika maxsus komissiyasi yakuniy xulosasi to‘g‘risida axborot beriladi.

— 2020-yil 4-iyun kuni SEOAning rasmiy sahifalarida tuman va shaharlarning toifalar bo‘yicha yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi. Endi Respublika maxsus komissiyasi emas, Agentlik tomonidan hududlar toifalarga ajratiladimi?

— Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 29-maydagi yig‘ilish bayoni bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga tuman (shahar)larning toifalarini o‘zgartirib borish vazifasi yuklatilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, joriy yil 2 iyun holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kiritilgan takliflar, bemorlarni butunlay sog‘ayishi hamda epidemik vaziyatni e’tiborga olib Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tuman (shahar)larning toifalarini o‘zgartirildi.

Endilikda shu tartibda har haftada o‘zgartirish ishlari tizimli olib boriladi.

— 15-iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugaydimi?

— Karantin tadbirlari tugatilishi yoki bir muddat cho‘zilishi — koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni e’tiborga olgan holda belgilanadi.

Agarda kasallik bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik o‘sish surati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring