16 nafar futbolchi cuperliga bahslaridan chetlatildi
Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o‘tilgandi.
Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan cuperliga klublari futbolchilari ikkinchi marta normativlarni topshirishdi. Unda 292 futbolchidan 16 nafari testlardan o‘ta olmadi.
Klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilarga qaytadan test-sinovlari topshirmagunlaricha litsenziyalar berilmaydi va ular vaqtinchalik cuperliga bahslarida ishtirok eta olishmaydi.
Qaytadan o‘tkaziladigan test-sinovlari sanasi PFL tomonidan alohida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu haftadan cuperliga bahslariga start beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter