Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+183. Olti hududda kasallanish qayd etildi

+183. Olti hududda kasallanish qayd etildi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 13-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 837 (+183) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 31 nafari Samarqand viloyatida, 11 nafari Namangan viloyatida, yana 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 63 yoshli D.A. (ayol) hamda Zangiota tumanida yashagan 66 yoshli X.E. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 25 659 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6 965 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 375 nafari og‘ir, 410 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring