Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

19 yoshli qizning ish joyida zo‘rlangani holati bo‘yicha prokuratura ma’lumot berdi

19 yoshli qizning ish joyida zo‘rlangani holati bo‘yicha prokuratura ma’lumot berdi

Foto: Xabar.uz

Samarqand viloyatidagi korxonalarining birida ishlagan 19 yoshli qiz tungi navbatchilik vaqtida zo‘rlangani aytilgandi. Keyinchalik holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va gumondor qamoqqa olindi. Viloyat prokurori ushbu jinoyat ishini shaxsiy nazoratiga olgani ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, M.B.ning F.A. o‘zining Spark avtomashinasida uning qo‘llarini bog‘lab, majburlab nomusiga tekkani to‘g‘risidagi murojaati yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra 12 iyun kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

23 iyun kuni viloyat prokurori Ravshan Masharipov va senator Farmon Toshev boshchiligida viloyat prokuraturasi va IIB rahbarlarining sohaviy o‘rinbosarlari, tarmoq rahbarlari, IIB tergovchilari, jabrlanuvchi, ayblanuvchi, ularning vakillari va himoyachilari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida viloyat prokurori jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari malakali o‘tkazilmaganini, muqaddam shunga o‘xshash holatlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hali ham takrorlanib kelayotganini, aybdor aniq bo‘lsa-da, holat ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgandan so‘ng ayblanuvchiga nisbatan 21 iyun kuni ehtiyot chorasi tanlanganini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat prokurori tomonidan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini davom ettirish prokuratura organlari tergovchilariga topshirilib, shahar IIB xodimlarining harakatlari bo‘yicha ichki ishlar vaziri nomiga xizmat tekshiruvi tayinlandi va ish prokurorning shaxsiy nazoratiga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring