Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+193. Kecha bir nafar bemor koronavirus qurboniga aylandi

+193. Kecha bir nafar bemor koronavirus qurboniga aylandi

2021-yil 3-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83623 (+193) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining:

4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari Buxoro viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
8 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Farg‘ona viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
20 nafari Toshkent viloyatida,
154 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, SSV ma’lumotiga ko‘ra 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 631 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1363 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring