20 nafardan ziyod paxtakor zaharlandi

Ozarbayjonda 20 nafardan ziyod paxtakor dalada begona o‘tlarga kimyoviy dorilar sepayotgan paytda zaharlangan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Zaharlanganlar Soatli tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Voqea Soatli tumanidagi Smada qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Ayni paytda paxta dalasida ishlayotib kimyoviy dorilardan zaharlangan 20 dan ziyod kishi Soatli tumani markaziy shifoxonasida davolanayapti. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra zaharlanishga paxta dalasida begona o‘tlarga kimyoviy dori sepish sabab bo‘lgan.
Voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv boshlab yuborishdi.
Bokudan shifokorlar chaqirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter