Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

20 yoshli qiz «Tracker»da piyodani urib yubordi

20 yoshli qiz «Tracker»da piyodani urib yubordi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2021-yil 13-iyul kuni taxminan soat 06:40 da Mirobod tumanidagi Nukus va Mirobod ko‘chalari kesishmasida «Tracker» avtomobilini (davlat raqami 01 X 814 AB) boshqarib borgan 20 yoshli Laurita Z. boshqaruvni bajara olmasdan 56 yoshli piyoda - Mirkomil Ya.ni urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Piyoda badan shikastlari oqibatida voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring