2018-yilda inflyasiya yuqori darajada bo‘ladi

Markaziy bank 2018-yilga mo‘ljallangan monetar siyosatining asosiy yo‘nalishlariga doir hisobotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2018 yilda inflyasiya yuqori darajada bo‘ladi va yillik 11,5-13,5 foizni tashkil etadi.
«2018-yildagi iqtisodiy o‘sishning nazarda tutilgan sur’atlari doirasida inflyasiya prognozi va pulga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, kelasi yilda pul massasining 12-15 foizga ko‘payishi kutilmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotni kreditlash qoldig‘i hajmi ham mos ravishda o‘sishi kutilmoqda», deyiladi hisobotda.
Markaziy bank, shuningdek, valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta kursini valyuta birjasida Markaziy bankning minimal ishtiroki orqali bozor mexanizmlari asosida shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilishini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter