Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qonun: 2020-yil uchun ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari tasdiqlandi

Yangi qonun: 2020-yil uchun ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari tasdiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan 2020-yilda budjet jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida budjet vakolatlari taqsimlandi.

Shuningdek, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirish kiritish tartibi belgilandi.

Qonun bilan respublika budjetining daromadlari prognozi va xarajatlari, mahalliy budjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari belgilandi.

2020-yil uchun ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari tasdiqlandi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari kabilar shular jumlasidandir.

Qonunga ko‘ra, bir qator xarajatlar respublika budjetidan moliyalashtirishga, ayrim xarajatlar mahalliy budjetdan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Jumladan, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha xarajatlar tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Shuningdek, qonunga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalari quyidagicha:

Chakana savdo

Oziq-ovqat va boshqa tovarlarni sotish:

  • Toshkent shahri – 750 000 so‘m;
  • Nukus shahri va viloyatlar markazi – 600 000 so‘m;
  • boshqa shaharlar – 300 000 so‘m;
  • boshqa aholi punktlarida – 200 000 so‘m.

Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish:

  • Toshkent shahri – 250 000 so‘m;
  • Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so‘m;
  • boshqa shaharlar – 100 000 so‘m;
  • boshqa aholi punktlarida – 50 000 so‘m.

Gazeta, jurnal va kitoblar sotish:

  • Toshkent shahri – 250 000 so‘m;
  • Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so‘m;
  • boshqa shaharlar – 100 000 so‘m;
  • boshqa aholi punktlarida – 50 000 so‘m.

Maishiy xizmatlar:

  • Toshkent shahri – 250 000 so‘m;
  • Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so‘m;
  • boshqa shaharlar – 100 000 so‘m;
  • boshqa aholi punktlarida – 50 000 so‘m.

Boshqa faoliyat turlari:

  • Toshkent shahri – 225 000 so‘m;
  • Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so‘m;
  • boshqa shaharlar – 100 000 so‘m;
  • boshqa aholi punktlarida – 50 000 so‘m.

Avtomobilda yuk tashish:

  • yuk ko‘tarish quvvati 3 tonnagacha bo‘lganda – 150 000 so‘m;
  • yuk ko‘tarish quvvati 3 tonnadan oshiq bo‘lganda – 225 000 so‘m.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran  kuchga kiradi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring