Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020/2021-o‘quv yili uchun qo‘shimcha grantlarga tavsiyanomalar kimlarga beriladi?

2020/2021-o‘quv yili uchun qo‘shimcha grantlarga tavsiyanomalar kimlarga beriladi?

AOKA huzuridagi shtabda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilshoda Mirzajonova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda 2020/2021-o‘quv yili uchun qo‘shimcha grantlarga tavsiyanomalar kimlarga berilishi ma’lum qilindi.

  • kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
  • to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
  • 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;
  • shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
  • ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;
  • nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
  • oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).

Asos — Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi «Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 402-sonli Qarori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring