Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yilda odamzodga yana bir jiddiy epidemiya xavf solmoqda

2021-yilda odamzodga yana bir jiddiy epidemiya xavf solmoqda

Foto: «Corona-map.ru»

Virusolog olimlar 2021-yil oxiri — 2022-yil boshlarida dunyoning turli mamlakatlarida jiddiy gripp epidemiyasini kutmoqdalar. Bunga boshqa nafas olish yo‘llari kasalliklariga qarshi aholining umumiy immunitetiga ta’sir ko‘rsatgan koronavirusga qarshi kurashish chora-tadbirlari sabab bo‘ladi.

Grippga qarshi vaksinatsiya samaradorligi ham savol ostida qolmoqda. O‘tgan yilning sentyabridan 2021-yil 1-yanvargacha virusning genom ketma-ketliklari bir yil avvalgi shu davrga nisbatan deyarli 100 baravar kam to‘plangan. Ya’ni shifokorlar keyingi mavsumda Shimoliy yarim sharda uchraydigan shtammlarni shunchaki o‘tkazib yuborgan bo‘lishlari hech gap emas.

«Sayyoramizning muayyan qismida joylashgan mamlakatlar sog‘liqni saqlash tizimlari grippning keng miqyosli epidemiyasiga duchor bo‘lishadi», — deyiladi «Science» jurnalida chop etilgan maqolada.

«Kasallik modellarini ishlab chiquvchilar sifatida bilamizki, bunday vaziyatda kutilmagan burilishlar yuz berishi mumkin», — deya ta’kidlaydi Prinston universiteti epidemiologi Reychel Beyker.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring