Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yilda qaysi rangdagi avtomobillarga talab oshdi?

2021-yilda qaysi rangdagi avtomobillarga talab oshdi?

Foto: «Carsweek»

Avtozavodlarni bo‘yoq bilan ta’minlovchi «Axalta Coating Systems» (AQSh) kompaniyasi an’anaviy yillik tadqiqotini e’lon qildi, unga ko‘ra, talab sal kamayganiga qaramay, oq eng ommalashgan rang bo‘lib qolmoqda.

Bundan tashqari, kulrang bo‘yoqqa talab oshib boryapti, bu rang qo‘llanish bo‘yicha qora rang bilan tenglashib oldi, Yevropada esa hatto oq rangni ortda qoldirdi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yangi mashinalarning 35 foizi oq rangga (va uning boshqa tuslariga) bo‘yalgan.

Ikkinchi o‘rinda — qora va kulrang (har ikkisining ulushi 19 foizdan), kulrang mashinalar soni 2020-yilga qaraganda 4 foizga oshgan.

Kumushrang (9 foiz) va ko‘k (8 foiz) mashinalar to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni band etdi. Keyingi o‘rinlarda: qizil (5 foiz), jigarrang/och jigarrang (3 foiz), yashil va sariq (1 foizdan). Mashinalarda ishlatilayotgan boshqa tuslar 1 foizni ham tashkil etmaydi.

Oq rang 2017-yilda eng ommalashgan — mashinalarning 39 foizi shu rangda chiqqandi. 2021-yilda oq rangdan foydalanish jahonda 3 foiz, dunyoning eng yirik avtobozori Xitoyda 7 foiz qisqardi.

Yevropa — kulrang yetakchiga aylangan jahondagi yagona mintaqa (27 foiz). Janubiy Amerikada oq ranglidan so‘ng ikkinchi o‘rinda — kumushrang mashinalar (23 foiz), Yevropaning lyuks mashinalar segmentida qora ranglilari ustun (22 foiz). Qizil mashinalarni eng ko‘p Shimoliy Amerika yo‘llarida uchratish mumkin (8 foiz).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring