2022-yilda O‘zbekistonda inflyasiya 10 foizdan 12,3 foizgacha tezlashdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2022-yilda 5,7 foizga o‘sgan, ammo o‘sish sur’ati 2021-yilga (7,4 foiz) nisbatan pasaygan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassisi Ruslan Abaturovga kщra, bunga noqulay tashqi sharoitlar fonida asosiy savdo sheriklari bo‘lgan mamlakatlardagi vaziyatning turlicha rivojlanishi ham sabab bщlgan.
Jumladan, Qirg‘izistonda 2022-yilda YaIM 7 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2021-yil oxirida o‘sish 3,6 foizni tashkil qilgan. Qozog‘istonda o‘sish sur’atlari 2021-yildagi 4,3 foizdan 2022 yilda 3,1 foizga pasaydi. Mutaxassislarning fikricha, Xitoy YaIMning o‘sish sur’ati o‘tgan yil oxirigacha sekinlashdi va taxminan 3 foizni tashkil qildi. Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyoti yil oxirida mojaro va sanksiyalar fonida tanazzulga yuz tutdi. Natijada, Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, yanvar-noyabr oylarida Rossiya iqtisodiyoti 2021-yilning shu davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi.
2022-yilda O‘zbekistonda inflyasiya 2021-yildagi 10 foizdan 12,3 foizgacha tezlashdi. Bu, asosan, jahon miqyosida narxlarning oshishi, O‘zbekiston bozoriga asosiy yetkazib beruvchi bo‘lgan mamlakatlarda mahsulotlar tannarxining oshishi bilan bog‘liq. Masalan, mamlakat importning qariyb 20 foizi to‘g‘ri keluvchi Rossiyada inflyasiya 2021-yilda 8,4 foizdan 2022-yilda 11,9 foizgacha o‘sdi. Xuddi shu davrda Qozog‘istonda (O‘zbekiston importining taxminan 11 foiz) inflyasiya 8,4 foizdan 20,3 foizgacha o‘sdi.
O‘zbekistonda 2022-yilda oziq-ovqat mahsulotlari narxi asosan 15,6 foiz (2021-yilda – 13 foiz) va nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 10,7 foizga (7,8 foiz) oshdi. Pullik xizmatlar narxlarining o‘sishi 8,4 foiz (7,7foiz) o‘rtacha darajasida saqlanib qoldi.
Yil oxirida asosiy kapitalga investitsiyalar 0,5 foizga qisqardi. Shu bilan birga, markazlashtirilgan investitsiyalarni kamayish tendensiyasi davom etmoqda, ularning hajmi 23 foizga pasaydi. Hukumat tomonidan kafolatlangan xorijiy investitsiyalar, kreditlar va kreditlarni jalb qilish bo‘yicha me’yoriy cheklovlar ularning 33 foizga qisqarishiga olib keldi. Shuningdek, budjet mablag‘lari hisobidan investitsiyalar 15 foizdan ko‘proqqa kamaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter