Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022 yilda quriladigan ijtimoiy ob’yektlar soni ma’lum qilindi

2022 yilda quriladigan ijtimoiy ob’yektlar soni ma’lum qilindi

foto: xabar.uz

«2022–2026 yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–172-son, 18.03.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2022–2026 yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq va mahallalar soni bo‘yicha maqsadli parametrlar tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, belgilangan yillarda respublikadagi jami 2 043 qishloq va mahallalarda (jumladan, 2022 yilda 413 tasida) qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Dasturlar doirasida belgilangan yillarda jami 4 057 ta ijtimoiy soha ob’yektlarini, jumladan, 2022 yilda:

  • 143 ta bog‘cha;
  • 265 ta maktab;
  • 137 ta sog‘liqni saqlash muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash rejalashtirilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring