2022-yilning eng yuqori texnologiyali avtomobillari e’lon qilindi

Eng texnologik avto reytingida koreys brendi — Genesis yetakchi.
AQShda avtomobillarning texnologik salohiyati bo‘yicha reytingi tuzildi. An’anaviy tarzda mashinalar sifat reytingini tuzuvchi J.D. Power agentligi avtomobillardagi innovatsiyalarni baholadi. Batafsil ma’lumot agentlik saytida keltirilgan.
J.D. Power ekspertlari mashinalarini sotib olganiga 90 kun bo‘lgan 84 165 nafar haydovchining fikrlari bilan tanishishdi. Ulardan avtomobillardagi yangi texnologiyalar bo‘yicha tajribalarini ta’riflash so‘raldi. Shuning asosida avtobrendlarning innovatsionlik darajasi belgilandi.

Foto: J.D. Power
Hyundai kompaniyasining premium-bo‘linmasi — Genesis eng innovatsion avtobrend deya e’tirof etildi. Innovatsionlik 1000 balli shakalasida ushbu brend 643 ball to‘pladi. Ikkinchi o‘rinda — Cadillac (584 ball), uchinchi — Mercedes-Benz (539 ball).
Ommaviy nopremium brendlar orasida Hyundai birinchi o‘rinda — 534 ball.
Tesla 681 ball to‘pladi — Genesis dan ham ko‘proq, biroq yetakchiga aylanmadi. Nega? Chunki bu kompaniya o‘z avtomobillarini sotib olganlar haqida axborotni ochiqlashga rozi bo‘lmadi. Shu bois Tesla egalari reytingdan chetda qoldi.
J.D. Power zamonaviy texnologiyalar qo‘llangan alohida avtomodellarni ham e’tirof etdi.
2022-yilning eng yuqori texnologiyali avtomobillari:
- BMW X3
- Cadillac Escalade
- Lexus IS
- Mini Cooper
- Mitsubishi Outlander
- Subaru Ascent.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter