2023/2024-o‘quv yilidan barcha viloyatlar va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat beriladi

Prezident 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra:
- 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi;
- 2023-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi;
- tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida 2023-yil 1-iyuldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy o‘rnatiladi;
- 32 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek 11 ming nafar fuqaroga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat budjetidan yetarli mablag‘lar yo‘naltiriladi;
- 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 8 trln so‘m, shundan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari uchun 4 trln so‘m yo‘naltiriladi va boshqalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter