Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2024-yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi — Prezident farmoni

2024-yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi — Prezident farmoni

«2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2024 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):

  • 22 mart – juma;
  • 11 aprel – payshanba;
  • 18 iyun – seshanba;
  • 3 sentyabr – seshanba;
  • 31 dekabr – seshanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

  • 2 yanvar – seshanba;
  • 23 mart – shanba;
  • 12 aprel – juma;
  • 31 avgust – shanba;
  • 30 dekabr – dushanba.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:

6 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – seshanba kuniga;

13 aprel – shanba kunidan 12 aprel – juma kuniga;

14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabr – dushanba kuniga.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring