Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2024-yilgi Olimpiada uchun pul mukofotlari belgilandi

2024-yilgi Olimpiada uchun pul mukofotlari belgilandi

«O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–127, 14.02.2022-y.) imzolandi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

  • oltin medal uchun – 200 000 AQSh dollari;
  • kumush medal uchun – 100 000 AQSh dollari;
  • bronza medal uchun – 50 000 AQSh dollari.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonida respublikada o‘tkazilayotgan sport musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoa a’zolarining ishtirokini ta’minlash uchun viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha (temir yo‘l va aviachipta) transport xarajatlariga 2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-sentyabrgacha chegirmalar joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio olimpiadasida ham shu miqdorda pul mukofotlari berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring