Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2026 yildan «biznesni 15 daqiqada boshlash» mumkin bo‘ladi

2026 yildan «biznesni 15 daqiqada boshlash» mumkin bo‘ladi

Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda yana bir muhim yangilikni e’lon qildi – 2026 yildan «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Bunda, tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining o‘zida:

  • elektron raqamli imzo beriladi;
  • bankda hisobraqam ochiladi;
  • xohishiga ko‘ra ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi;
  • kassa apparati soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
  • shu yo‘nalishga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jo‘natiladi.

Natijada bu jarayonlar uchun talab etiladigan muddat hozirgi 1 haftadan 15 daqiqaga qisqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring