Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 yanvardan majburiy avtosug‘urta tariflari va tovon puli oshadi

1 yanvardan majburiy avtosug‘urta tariflari va tovon puli oshadi

2026 yildan majburiy avtosug‘urta bo‘yicha minimal kafolatlangan tovon puli 40 mln so‘mdan 80 mln so‘mga oshiriladi. Bu — YTHda haydovchi yoki yo‘lovchiga yetkazilgan zarar uchun sug‘urta kompaniyasi to‘laydigan eng kam miqdor.

1 yanvardan amal qiladigan yangi tariflar:

Yengil avtomobillar:
Hududlarda: 160 000 so‘m;
Toshkent shahri va viloyati: 192 000 so‘m;
Chet el raqamli (vaqtincha kiritilgan): 320 000 so‘m.

Yuk avtomobillari:
Hududlarda: 280 000 so‘m (48 000 → 280 000);
Toshkent shahri/viloyati: 336 000 so‘m (67 200 → 336 000);
Chet el raqamli: 560 000 so‘m.

YTHga sababchi bo‘lgan haydovchilar uchun tariflar oshiriladi:
1 ta hodisa: 208 000 – 249 600 so‘m;
2 ta hodisa: 320 000 – 384 000 so‘m;
3 va undan ortiq: 480 000 – 576 000 so‘m.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring