Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2026-yilgi Budjetnomada asosiy soliq stavkalari o‘zgarmaydi

2026-yilgi Budjetnomada asosiy soliq stavkalari o‘zgarmaydi

2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarmaydi. Vazirliklarning budjetdan tashqari jamg‘armalaridagi qoldiqning yarmi maktablar qurish va tibbiyotga yo‘naltiriladi.

Bu haqda kecha, 27-oktyabr kuni joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026 yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda davlat rahbari 2026-yilgi budjet loyihasida asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolayotgan sharoitda budjet daromadlarini izchillik bilan oshirib borish, shu bilan birga, xarajatlar qismining samarali sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish shartligini qayd etdi.

Shuningdek, xarajatlarni keskin qisqartirish va samaradorlikni oshirish barcha darajadagi rahbarlar uchun asosiy mezon bo‘lishi kerakligi ta’kidlab, kelgusi yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati 6,6 foiz darajasida ta’minlanib, YaIM hajmi 150 mlrd dollardan oshishi, inflyasiya 7 foizdan oshmasligi prognoz qilinganini bildirdi.

Bundan tashqari, kelgusi yildan subsidiya va imtiyozlarning samarasi past bo‘lganlari bekor qilinadi hamda xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari ishtirokidagi loyihalarni tezlashtirib, faqat yakunlanganidan so‘ng yangi loyihalarga resurs jalb etish tizimiga o‘tiladi. Budjet daromadlari oshirilib, xarajatlar qat’iy nazorat qilinadi.

Yig‘ilishda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, strategik tarmoqlarda tannarxni kamaytirish va raqobatbardoshlikni oshirish vazifalari ham belgilab berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring