Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2026-yilgi jahon chempionati qur’asi o‘tkaziladigan sana va joy ma’lum bo‘ldi

2026-yilgi jahon chempionati qur’asi o‘tkaziladigan sana va joy ma’lum bo‘ldi

Foto: FIFA / Getty Images Sport

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi ESPN.

Kanada va Meksikadagi bir nechta shahar ham marosim mezbonligi uchun kurashdi, yakunda shoular shahri — Las-Vegasning qo‘li baland keldi, deyiladi xabarda. 1994-yilda AQSh mezbonlik qilgan mundial qur’asi ham aynan shu shaharda tashlangan.

Marosim bugungi kunning eng texnologik va mashhur arenalardan biri — «Sfera»da o‘tkaziladi. Bu ulkan shar 17,5 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘diradi, 50 ming kvadrat metr maydonda joylashgan, bahaybat LED-ekran bilan jihozlangan.

Ma’lumot uchun: 2026-yilgi jahon chempionatiga ilk marotaba uch davlat mezbonlik qiladi — AQSh, Kanada va Meksika. Musobaqada 48 ta terma jamoa ishtirok etadi — bu ro‘yxatda O‘zbekiston nomi ham borligi nafaqat mundial, balki qur’a marosimidayoq hayajonimizni karrasiga oshirishi aniq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring